
Jamiyatda har yili Yoshlarga oid davlat siyosatiga oid dastur va yo‘l xarita ishlab chiqish uni o‘rnatilgan tartibda manfaatdor tashkilotlar bilan kelishish va jamiyat boshqaruv raisiga tasdiqlash uchun kiritish;
Ishlab chiqilgan yoshlarga oid davlat siyosatiga oid dastur va yo‘l xaritada belgilangan har bir bandi bo‘yicha vazifalar ijrosini sifatli hamda o‘z vaqtida ta’minlash;
Jamiyatda faoliyat yuritayotgan yosh ishchi-xodimlar balansini yuritish;
“O‘zkimyosanoat” AJ hamda boshqa yuqori turuvchi tashkilotlarga jamiyatda yoshlarga oid davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan oylik, chorak hamda yillik hisobotlarni taqdim etib borish;
“Maxam-Chirchiq” AJ hududini obodonlashtirishda ishtirok etish;
Jamiyat yosh ishchi-xodimlar o‘rtasida o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan dastur hamda yo‘l xaritasi asosida turli xil kasb-hunar, madaniy-ma’rifiy, sport va boshqa ko‘rik-tanlov va tadbirlarni tashkil etish;
Jamiyatda yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi buyruqlar, farmoyishlar va rahbariy materiallarni ijrosini ta’minlash.