Suyuq parafin

SUYUQ PARAFIN

(TS 21983917 – 003:2020)

Suyuq parafin flotatsiya usulida kaliy xlorid olishda aktivator sifatida qo‘llaniladi. Inson organizmiga ta’sir qilish darajasi bo‘yicha mahsulot 3- sinfga  kiradi.

Texnik talablari:

Ko‘rsatgichlar nomlanishi

Me’yor

Tashqi ko‘rinishi va rangi

Rangsiz suyuqlik

Zichligi (200S), g/ml

0,715÷0,770

Tarkibidagi suvning massa ulushi, %, ko‘p emas

0,5÷1,0

Qaynash temperaturasi, 0S, kam emas

115,0

Kristallanish temperaturasi, 0S, ko‘p emas

-5

S10 bo‘lgan uglevodorodlarning miqdori, %, kam emas

0,1

S22 bo‘lgan uglevodorodlarning miqdori, %, ko‘p emas

0,1

 

Ts 21983917 – 003:2020

Kod TN VED: 2710 11 2500

Qadoqlash

Mahsulotlarning istemol qadog‘i 20 l dan 1000 l gacha hajmda O’z DSt 936:2004 bo‘yicha yoki boshqa amaldagi me’yoriy hujjat bo‘yicha tiniq yoki tiniq bo‘lmagan polimer tarada amalga oshiriladi. Iste’molchi bilan kelishuv bo‘yicha maxsulotning but saqlanishi ta’minlanishi shartida, boshqa me’yoriy hujjatlar bo‘yicha tayyorlangan yoki chet elda ishlab chiqarilgan, iste’mol qadog‘ining boshqa turlariga mahsulotlarni qadoqlashga yo‘l qo‘yiladi.

Transportda tashish va saqlash

Vositalar transportning barcha turlarida, transportning ushbu turiga amalda bo‘lgan, yuklarni tashish qoidalariga muvofiq yopiq transport vositalarida tashiladi.

Qadoqlangan holdagi vositalar havoning 75% dan ortiq bo‘lmagan nisbiy namligi bilan, + 350S dan ortiq va 00S dan past bo‘lmagan haroratda stellajlarda yopiq, quruq, omborxonalarda saqlanishi kerak.

Ishlab chiqaruvchi kafolatlari

Iste’molchi tomonidan transportda tashish va saqlash shartlariga rioya qilinganda, ishlab chiqaruvchi mahsulotning muvofiqligini kafolatlaydi.

Suyuq vositaning yaroqlilik muddati ishlab chiqarilgan kunidan boshlab 36 oy.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech