“ZO‘RAVONLIKKA QARSHI 16 KUN”

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan "25-noyabr - Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni" munosabati bilan yurtimizda e’lon qilingan "Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun" doirasida "Dehqonobod kaliy zavodi" AJda "Biz zo‘ravonlikka qarshimiz" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Unda Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi rahbari K.Ismoilova hamda ijtimoiy xodim L.Turdiyev nutq so'zladi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki , "Dehqonobod kaliy zavodi" AJ rahbariyati ayollarni jamiyat hayotida faol ishtirokini ta’minlash, gender tenglik, oilalarda tinchlik va xotirjamlik kabi masalalarga jiddiy e’tibor qaratib keladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech