Davra suhbati o‘tkazildi!

Bugun, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda Komplayens xizmati rahbari O‘ktam Meyliyev tomonidan Kaliy o‘g‘itlar ishlab chiqarish 1-sexi “A” va “B” smena xodimlari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda xodimlarga korrupsiya tushunchasi, mazkur sohadagi qonunchilik talablari hamda korrupsiyaviy harakatlar uchun javobgarlik toʻgʻrisida tushunchalar berildi.

Undan tashqari, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xodimlar huquqiy madaniyatini oshirish va xulq-atvorini shakllantirish borasida so‘z yuritildi.

Yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan korrupsiya va huquqbuzarlik holatlari yuzasidan ularni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech