Maqom - xalqimiz madaniy merosining ajralmas qismi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-avgustdagi PQ-289-sonli Qarorining 3-ilovasida belgilangan topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida bugun “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda madaniy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad jamiyat xodimlarini milliy maqom san’atidan bahramand etish, soha vakillari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hamda maqom san’atini yanada ommalashtirishdan iborat.

Oʻzbek milliy maqom san’ati markazi Qashqadaryo viloyat hududiy boʻlimi jamoasi ijrosidagi “Mumtoz” nomli konsert dasturi koʻtarinki ruhda oʻtkazildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech