“Korxonalarni “shatakka olish” va mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish” forumi o‘tkazildi

Joriy yilning 4-iyun sanasida “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan “Uzbekistan GTL” MCHJ va “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ bilan hamkorlikda forum tashkil etildi.

“Uzbekistan GTL” zavodida bo‘lib o‘tgan “Korxonalarni “shatakka olish” va mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish” forumida “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ vakillari ham ishtirok etishdi.

Tadbirdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad mahalliylashtirish va kooperatsiya aloqalarini yanada kengaytirish hamda sanoatni rivojlantirishdan iborat.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech