“Korrupsiyaga qarshi kurashish” o‘quv kursi

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ O‘quv markazining joriy yil uchun tuzilgan rejasiga binoan bugun 50 nafar rahbar xodimlar 2 guruhga ajratilgan holda “Korrupsiyaga qarshi kurashish” o‘quv kursi bo‘yicha o‘z bilimlarini oshirmoqdalar.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish” o‘quv mashg‘ulotlari Komplayens xizmati tomonidan olib borilmoqda.

Unda korrupsiyaning oldini olish hamda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik kabi mavzularga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

O‘quv kursi 2 kun davom etadi va yakunda xodimlarning bilimlari malaka komissiyasi tomonidan 2 bosqichda nazariy imtihondan o‘tkaziladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech