Kimyo sanoati yoshlari milliy forumi

Bugun "O‘zkimyosanoat" AJ tarmoq korxonalarida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar ishtirokidagi milliy forumga start berildi.

"Barqaror rivojlantirish va yashil iqtisodiyot" xalqaro kimyo haftaligi doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan milliy forumda "Dehqonobod kaliy zavodi" AJ yoshlari ham ishtirok etmoqda.

Forumning ilk daqiqalarida poytaxtga tashrif buyurgan yoshlar D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti Toshkent filiali faoliyati bilan tanishdilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech