Forum doirasida xotin-qizlarga seminar-trening o‘tkazildi

Bugun “Kimyo sanoati yosh mutaxassislari” milliy forumi doirasida xotin-qizlar uchun “Ijobiy ayol timsolini shakllanishi hamda ijtimoiy faollikni ko‘tarish yo‘llari” mavzusida psixologik seminar-trening tashkil etildi.

Unda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi mas’ul xodimi Nodira Karimova hamda psixolog Go‘zal Utekovalar ekespert sifatida ishtirok etishdi.

Treningda xotin-qizlarning shaxsiy rivojlanishini oshirish, ruhiy zo‘riqishlarni kamaytirish hamda ruhiyat bilan bog‘liq holatlarni tahlil etish kabi mavzularda so‘z yuritildi.

Seminar-trening interaktiv o‘yinlar hamda qiziqarli savol-javoblarga boy bo‘ldi.

Xotin-qizlarning o‘zbekona milliy liboslardagi ishtiroki tadbirga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech