“DKZ” AJning ekologik vaziyatlar bo‘yicha bajarilgan ishlari.pdf
“Dehqonobod kaliy zavodi” AJning ekologik vaziyatlar bo‘yicha bajarilgan ishlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-171-sonli 2023-yil 31-maydagi Qarorining 4-ilovasi 22-bandiga asosan, jamiyat tomonidan lokal oqova suv tozalash inshooti 1-bosqich oqova suvlarni tozalash inshootidagi TMR 140-100S markali plastinkali 2 komplekt 200 (ikki yuz) dona plastinkalari olib tashlanib, (2023- yil mart oyida) o‘rniga yangi zamonaviy Model TORAY NPH210-300S MARKALI 2 KOMPLEKT MBR plastinkali filtr membranalari almashtirish ishlari bajarildi.
O‘rganish jarayonida jamiyat tomonidan quvvati 220 m3 / sutka bo‘lgan biologik usulda oqova suv tozalash inshooti korxonaning 550.4 mln so‘m o‘z mablag‘lari hisobidan qurib bitkazilgan.
Jamiyatning KO‘ICh 2-sexiga qarashli konsentratni quritish va sovutish texnologik qurilmasida joylashgan yengli filtrlarning 1728 dona karkas va yenglarni almashtiriildi. Natijada chang ushlash samaradorligi 99% ga oshib, atmossfera havosiga 85 tonna chang chiqishi olidi olinib, ushlab qolindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-46-son Farmoni va 2023-yil 11-avgust kuni Buxoro viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari bo‘yicha 27-son yig‘ilish bayonining 16-bandini ijro etish maqsadida “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ 2024-yil bahor mavsumining yashil makon bo‘yicha 75 ming dona mevali va manzarali daraxtlar ko‘chatlari ekildi. Shu jumladan 45 ming tup mevali va manzarali daraxtlar, 30 ming tup buta ko‘chatlari ekilib, ko‘kalamzorlashtirilgan maydon 22,5 ga ni tashkil etdi.
Atrof muhit muhofazasi bo‘limi 2023-yil 24 iyul kuni suv tahlillarini sifatli va ishonchliligi bo‘yicha ekoanalitik laboratoriyasi maqullash to‘g‘risidagi guvohnamasini “O‘bekiston akkreditatsiya markazi” DUK tomonidan texnik jihatdan malakaliligi ma‘qullanganligini tasdiqlovchi maqullash to‘g‘risidagi guvohnamasini qo‘lga kiritdi.
“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ 2023-yil 28 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish tizimidan O‘zDSO 14001:2019 muvofiqlik sertifikatini qo‘lga kiritdi.