
Bugun viloyat markazida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida “Dehqonobod kaliy zavodi” AJning Obodonlashtirish, bino va inshootlarga xizmat koʻrsatish boʻlimi xodimasi Eshqulova Gulshod Qulmamatovna “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Jamiyat rivojiga oʻzining fidokorona mehnati bilan munosib hissa qoʻshib kelayotgan Gulshod Eshqulovani “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz!