header-logo
Ikki buyuk siymo ijodi avlodlar uchun bebaho ma’naviy merosdir
7 Fevral 2025
41
news-img

Joriy yilning 7-fevral sanasida “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan “Ikki buyuk siymo ijodi avlodlar uchun bebaho ma’naviy merosdir” nomli ma’naviy-ma’rifiy hamda madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida Qarshi davlat universiteti o‘qituvchisi Marhabo Ismoilova “Ikki buyuk siymo” mavzusida ma’ruza qilib, buyuk mutafakkirlarimizning hayoti va ijodiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Mehmon sifatida tashrif buyurgan O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘limi ansambl jamoasi o‘zining jonli ijrodagi dasturi bilan chiqish qildi.

So‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning boy ma’naviy merosiga bag‘ishlangan, milliylikni o‘zida mujassam etgan tadbir adabiyotning muxlislari bo‘lgan kimyogarlarda o‘zgacha taassurot qoldirdi.

Boshqa yangiliklar

Обращение юридических и физических лиц в цифрах

22 Noyabr 2024
155

2024-yilning 9 oyi davomida “Dehqonobod kaliy zavodi” AJga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 266 ta murojaat kelib tushgan.

Unga ko‘ra 32 tasi virtual qabulxonaga, 234 tasi esa bevosita jamiyatga qilingan murojaatlarni tashkil etadi.

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJga taalluqli bo‘lgan masalalar yuzasidan 20 ta murojaat qanoatlantirilgan, 23 ta murojaat ko‘rib chiqilmoqda, 223 ta murojaat bo‘yicha tushuntirish ishlari amalga oshirilgan.

Yakuniy tahlil natijalariga ko‘ra, qanoatlantirilgan murojaatlarning asosiy qismi ishga joylashish, homiylik hamda moddiy yordam ko‘rsatish masalasini tashkil etadi.

news-img

Qulay mehnat sharoiti - xavfsizlik kafolati!

22 Noyabr 2024
76

Korxonada xodimlar uchun qulay mehnat sharoitini yaratish jamiyatning ustuvor maqsadlaridan biri hisoblanadi.

news-img

“Tez va to‘g‘ri yoz” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi

22 Noyabr 2024
77

Bugun “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ xodimlari oʻrtasida davlat tilini keng targʻib qilish hamda imlo savodxonligini yanada oshirish maqsadida o‘tkazilgan “Tez va to‘g‘ri yoz” koʻrik-tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi.

news-img