
Bugun “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ tasarrufidagi “Jajji kimyogar” maktabgacha ta’lim muassasasida Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan “Buyuk siymolar” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda jajji kimyogarlar buyuk mutafakkirlamizning ruboiy, g‘azal va hikmatli so‘zlaridan namunalar aytish bilan bir qatorda, sahna ko‘rinishlari hamda musiqali chiqishlarni ham ijro etishdi.