
Bugun “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiyotini targʻib qilish maqsadida ularning tavallud sanalariga bagʻishlab “Ikki buyuk siymo: ma’naviyatimiz sarchashmalari” mavzusida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi.
Tanlov Oybekning “Navoiy” romani hamda Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asaridan beriladigan savol-javoblar tariqasida o‘tkazildi.
Hay’at a’zolarining xulosasiga ko‘ra:
1-o‘ringa – Muxlisa Abdullayeva, Tashqi suv ta’minoti sexi texnigi;
2-o‘ringa – Munisa Xoliqova, Suv ta’minoti va kanalizatsiya sexi apparatchisi;
3-o‘ringa – Nilufar Norqobilova KO‘ICh 1-sexi taroziboni munosib deya topildi.