
2024-yil davomida “Dehqonobod kaliy zavodi”AJ xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Respublikadagi boshqa o‘quv markazlarda 139 nafar rahbar va mutaxassis xodimlarning malakasini oshirishga jami 128 935 670 so‘m mablag‘ sarflandi;
Jamiyat o‘quv markazida 470 nafar xodimlarni o‘qitish uchun 34 859 647 so‘m mablag‘ yo‘naltirildi;
135 nafar shogirdga 60 nafar xodim ustoz sifatida biriktirildi;
Jamiyat hisobidan OTMlarida tahsil olayotgan 11 nafar talaba va xodimlar uchun jami 148 084 120 so‘m mablag‘ to‘lab berildi;
Oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan yosh iqtidorli bitiruvchilar bilan suhbat o‘tkazilib, ular orasidan 10 nafari ishga qabul qilindi;
2024-yil davomida 66 nafar xodimni xorijiy tillar bo‘yicha o‘qitishga jami 28 000 000 so‘m mablag‘ sarflandi.