
Bugun “O‘zkimyosanoat” AJ va “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ vakillari hamda jamiyatda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
Unda xotin-qizlar huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar o‘rganildi.
Muloqot davomida asosiy e’tibor xotin-qizlar murojaati, ularni qiynayotgan masalalar yechimiga qaratildi.
Sayyor qabul yakunida ko‘rilgan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.