
Bugun “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi Sanobar Abdurahmonova va korxonaning tarkibiy bo‘linma hamda sex rahbarlari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Muloqot chog‘ida mafkuraviy xurujlar va turli yot g‘oyalarga nisbatan immunitet hosil qilish, jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish hamda gender tenglik kabi mavzularda fikr yuritildi.
Ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri va maqsadli foydalanish, turli shubhali manbalardan ogoh bo‘lish borasida tushuncha berildi.
Uchrashuv yakunida korrupsiyaning oldini olish va poraxo‘rlik bilan bog‘liq holatlarga yo‘l qo‘ymaslik lozimligi qayd etildi.