header-logo
Yuridik va jismoniy shaxslar murojaati raqamlarda
7 Yanvar 2025
8
news-img

Yuridik va jismoniy shaxslar murojaati raqamlarda

2024-yil mobaynida “Dehqonobod kaliy zavodi” AJga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 356 ta murojaat kelib tushgan.

Bunda, murojaatlar 2023-yilning mos davriga nisbatan 29 % ga kamaygan.

Murojaatlar manbasiga ko‘ra 41 tasi virtual qabulxonalarga, 40 tasi yozma va 203 tasi og‘zaki tarzda, 35 tasi yuqori turuvchi tashkilot ishonch raqamiga, 37 tasi jamiyat elektron manzili va ishonch raqami orqali kelib tushgan.

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJga taalluqli bo‘lgan masalalar bo‘yicha 20 ta murojaat qanoatlantirilgan, 305 ta murojaat yuzasidan tushuntirish ishlari amalga oshirilgan hamda 31 ta murojaat ko‘rib chiqilmoqda.

Yakuniy tahlil natijalariga ko‘ra, murojaatlarning aksariyat qismi ishga joylashish, homiylik yordami ko‘rsatish va boshqa masalalarni tashkil etadi.

Boshqa yangiliklar

Обращение юридических и физических лиц в цифрах

22 Noyabr 2024
98

2024-yilning 9 oyi davomida “Dehqonobod kaliy zavodi” AJga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 266 ta murojaat kelib tushgan.

Unga ko‘ra 32 tasi virtual qabulxonaga, 234 tasi esa bevosita jamiyatga qilingan murojaatlarni tashkil etadi.

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJga taalluqli bo‘lgan masalalar yuzasidan 20 ta murojaat qanoatlantirilgan, 23 ta murojaat ko‘rib chiqilmoqda, 223 ta murojaat bo‘yicha tushuntirish ishlari amalga oshirilgan.

Yakuniy tahlil natijalariga ko‘ra, qanoatlantirilgan murojaatlarning asosiy qismi ishga joylashish, homiylik hamda moddiy yordam ko‘rsatish masalasini tashkil etadi.

news-img

Qulay mehnat sharoiti - xavfsizlik kafolati!

22 Noyabr 2024
24

Korxonada xodimlar uchun qulay mehnat sharoitini yaratish jamiyatning ustuvor maqsadlaridan biri hisoblanadi.

news-img

“Tez va to‘g‘ri yoz” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi

22 Noyabr 2024
16

Bugun “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ xodimlari oʻrtasida davlat tilini keng targʻib qilish hamda imlo savodxonligini yanada oshirish maqsadida o‘tkazilgan “Tez va to‘g‘ri yoz” koʻrik-tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi.

news-img