"Yil ayoli" milliy ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

Jamiyat hayotida faol va har jihatdan ibratli xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida bugun Dehqonobod tuman hokimligi hamda “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ hamkorligida “Yil ayoli” milliy ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda tumanning bir qator tashkilotlaridan ijtimoiy faol bo‘lgan xotin-qizlar ishtirok etishdi. Tanlov 3 ta shart asosida bo‘lib o‘tdi.

Tajribali hakamlarning yakuniy xulosasiga ko‘ra:

1 – o‘ringa “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ kadrlar bo‘limi boshlig‘i Nargiza Usmanova;
2 – o‘ringa Dehqonobod tumani 97-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining Ona tili va adabiyot o‘qituvchisi Gulhayo Qosimova;
3 – o‘ringa Dehqonobod tumani Qizilcha mahallasi xotin-qizlar faoli Ulug‘oy Shoymurodova munosib deya topildi.

G‘oliblar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 1–o‘rin sovrindori Nargiza Usmanova esa viloyat bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech