Korxona tarixi

Dehqonobod kaliy zavodi qurilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 1-maydagi qarorlariga muvofiq amalga oshirildi. 2007 yil 17 dekabrdagi PQ-632-sonli “Tepaqo‘ton kaliy tuzi koni negizida Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, PQ-748-sonli  “Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi qurilishini jadallashtirish” chora-tadbirlari to‘g‘risida qarorlariga asosan qurilish ishlari boshlab yuborilgan.

Qurilishning umumiy qiymati 128,2 mln. AQSH dollari bo‘lib,  moliyalashtirish tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi – 61,7 mln dollar, XXR Eksimbank – 41,7 mln dollar, Kimyo sanoati korxonalarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi 24,8 mln. dollar kreditlari hisobidan amalga oshirildi.

Ruda qazib olish bo‘yicha birinchi bosqichning quvvati yiliga 700 ming tonna, kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqarish quvvati yiliga 200 ming tonnani tashkil etadi.

Ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish

“Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi (II bosqich)” qurilishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.12.2010 yildagi farmoni, 2010 yil 29 dekabrdagi “2011-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi PQ-1442-sonli qarori, PQ-1455-son “O‘zbekiston Respublikasining 2011 yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi to‘g‘risida”gi qarori bilan yordamchi boshqaruv markazi quvvatlarini kengaytirish (II bosqich) to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

II bosqichning quvvati yiliga 400 ming tonna kaliy xlorid ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bo‘lib, shundan 75 foizini eksportga sotish rejalashtirilgan. Loyihadan qo‘zlangan maqsad kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish, zavodning ishlab chiqarish quvvatini 600 ming tonnaga yetkazishdir.

         2010-2023-yy (6 oylik) davomida Tog‘-kon majmuasidan 13,3 mln tonna silvinit rudasi qazib chiqarilib, undan 3,1 mln tonna tayor mahsulot ishlab chiqarilgan. Ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotning 737,4 ming tonnasi eksport yo‘nalishada, 2,3 mln tonnasi birja savdolari orqali ichki iste’molchilarga sotilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech