Xotira-abadiy, qadr-muqaddas!

Yurt tinchligi va osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog‘ida bo‘ladi.

Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari hamda ulugʻ fazilatlaridan biri bo‘lib, ushbu kunda mardlik va jasorat namunasini koʻrsatgan yurtdoshlarimiz sharaflanib, safimizda boʻlganlariga gʻamxoʻrlik va eʼtibor, yuksak ehtirom koʻrsatiladi.

Bugun “9 may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ rahbariyati, jamiyat mutaxassis va xodimlari tuman markazidagi xotira maydoniga tashrif buyurishdi hamda urush yodgorligi bo‘lgan Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘yishib, o‘tganlar xotirasiga hurmat bajo keltirishdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech