Xotin-qizlar uchrashuvi o‘tkazildi

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ Boshlang‘ich xotin-qizlar tashkiloti raisi Muxtasar Karimova hamda xotin-qizlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda jamiyat ishlab chiqarish va sexlardagi xotin-qizlardan kelib tushgan murojaatlar va muammolar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Undan tashqari uchrashuvda xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasida Gender tenglikni ta’minlash borasida so‘z yuritildi.

Samimiy ruhda o‘tkazilgan davra suhbati davomida xotin-qizlarning fikr va mulohazalari, tashabbus va takliflari tinglandi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech