Xotin-qizlar bilan manzilli uchrashuv o‘tkazildi

 

Bugun “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ Boshlang‘ich xotin-qizlar tashkiloti raisi Muxtasar Karimova hamda KO‘ICh 2-sexi xotin-qizlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ish joyidagi zo‘ravonliklar hamda tazyiqlarning turli shakllariga barham berish, xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasida Gender tenglikni ta’minlash borasida so‘z yuritildi.

Undan tashqari xotin-qizlarning muammolarini aniqlash hamda mutasaddilar bilan hamkorlikda bartaraf etish choralarini ko‘rish, kam ta’minlangan, ijtimoiy muhofazaga muhtoj, imkoniyati cheklangan xotin-qizlarga har tomonlama yordam berish kabi bir qator masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv so‘ngida xotin-qizlardan kelib tushgan murojaatlar, tashabbus va takliflar tinglandi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech