Xavfsizlik texnikasi bilimdoni aniqlandi

Joriy yilning 1-iyul sanasidan 1-avgust sanasiga qadar “Xavfsizlik texnikasi bo‘yicha umumzavod ko‘rik oyligi” o‘tkazilayotganligi munosabati bilan bugun “Dehqonobod kaliy zavodi” AJning xodimlari o‘rtasida “Xavfsizlik texnikasi bilimdoni” ko‘rik-tanlovi boʻlib o‘tdi.

Hay’at a’zolarining yakuniy baholash natijalariga ko‘ra:

1 - o‘rin Naida Boboyorova, KO‘ICh 1-sexi qadoqlash qurilmasi taxlovchi-qadoqlovchisi;

2 - o‘rin Suxrob Jovliyev, KO‘ICh 1-sexi xom ashyo ombori, yanchish va saralash qurilmasi maydalovchisi;

3 - o‘rinni Jamshid Xurramov, Issiqlik gaz ta’minoti sexi qozon mashinisti qo‘lga kiritdi.

G‘oliblar Jamiyat tomonidan belgilangan tartib asosida rag‘batlantiriladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech