Vatan fidoyi farzandlarini unutmaydi

Bugun “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda “9-may – Xotira va qadrlash kuni” umumxalq bayrami munosabati bilan “Vatan fidoyi farzandlarini unutmaydi” shiori ostida madaniy-ma’rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda jamiyatimizda faoliyat yuritayotgan Avtotansport sexi xodimi - Afg'oniston baynalmilal urushi qatnashchisi Sodiq Rahmonov so‘zga chiqdi va urushning sovuq qiyofasini o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, boshdan kechirganlari haqida so‘zlab berdi hamda tinchlik va osoyishtalik eng ulug‘ ne’mat ekanligi, uni qadriga yetish lozimligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Undan tashqari Qarshi Davlat Universiteti professor o‘qituvchilari xalqimizning Ikkinchi jahon urushiga qo‘shgan fidokorona mehnatlari, mardonavor kurashgan farzandlari qahramonliklari haqida nutq so‘zlashdi.

Bayram dasturi davomida Qarshi ixtisoslashtirilgan san’at maktabi talabalari ijrosida jadidlarga bag‘ishlangan “Qo‘rqma” nomli spektakl namoyish etildi.

Tadbir so‘ngida taklif etilgan san’atkorlar ijrosida kuy-navolar yangradi. Ayniqsa, jamiyat tasarrufidagi “Jajji kimyogar” maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining chiqishlari tomoshabinlarda o‘zgacha taassurot qoldirdi.

Bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech