Uch avlod uchrashuvi

Dehqonobod tumanida tarix, bugun va kelajakni o‘zida mujassam etgan “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ vakillari ham ishtirok etishdi.

Tumanda o‘tkazilgan ushbu tadbirga obodlik, farovonlik, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi yo‘lida fidokorona mehnat qilgan nuroniylar, o‘rta avlod vakillari hamda yoshlar taklif etildi.

Uch avlod uchrashuvida viloyat hokimi Murotjon Azimov ham ishtirok etib, tadbirni tabrik so‘zi bilan ochib berdi.

Unda nuroniylarimizning boy tajribasi, o‘rta avlod vakillarining mehnati, yosh avlodning shijoati birgalikda katta kuch bo‘lishi, uch avlodning mamlakatimiz taraqqiyotidagi o‘rni alohida e’tirof etildi.

Uch avlod vakillari bir dasturxon atrofida o‘tirib, fikr almashishdi. Tadbirga san’atkorlarning chiqishi o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Tadbir ishtirokchilariga “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ tomonidan esdalik sovgʻalar ulashildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech