Tog‘-kon majmuasida maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari amalga oshirildi

Joriy yilning 26-aprel sanasida “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ tog‘-kon majmuasida “Tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda obyekt boshqaruv organlari va fuqaro muhofazasi tuzilmalarining 9-alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi bilan hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘ulotida Qashqadaryo viloyati FVB Qutqaruv otryadi mas’ullari, jamiyat mas’ullari, 9-AHKQ vzvodi hamda jamiyat fuqaro muhofazasi tuzilmalari ishtirok etishdi.

Tadbirdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ularni bartaraf etish va oqibatlarini kamaytirishda jamiyat kuch va vositalari tayyorgarlik darajasini takomillashtirish hamda hamkorlikdagi harakatlarini muvofiqlashtirishdan iborat.

O‘quv-taktik mashg‘ulotida 78 nafar tuzilma va 7 ta maxsus texnikalar jalb etildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech