SARHISOB

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJda 2023-yil davomida jamiyatning sex va bo’limlarida mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, sanoat xavfsizligi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, 2023-yil IV chorak yakuni bo‘yicha III-pog‘onali nazoratda hamda joriy yil yanvar oyi xavfsizlik texnikasi kuni yakunlari bo‘yicha jamiyat boshqaruv raisi rahbarligida yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda boshqaruv raisining sohaviy o‘rinbosarlari, bosh mutaxassislar, sex ва bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi. Yigʼilishda bir qator masalalar tanqidiy ravishda ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish davomida sex ва bo‘limlarning har birida yo‘l qo‘yilgan xato ва kamchiliklarni kelib chiqishiga olib kelgan sabablar o‘rganib chiqilgan holda, tegishli sex va bo‘lim rahbarlariga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarning qayta takrorlanmasligini oldini olish, avariya, baxtsiz va noxush hodisalarning oldini olgan holda xodimlarga qulay hamda xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish bo‘yicha tegishli tavsiya, ko‘rsatma ва topshiriqlar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech