Saranjom oilaning sarishta bekalari

Bugun “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda “Saranjom oilaning sarishta bekasi” ko‘rik-tanlovi hamda “Xon atlas” festivali bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda xotin-qizlardan iborat jamoalar 3ta shart asosida o‘zaro bellashdi. Barcha jamoa vakillari osh damlash, chuchvara tugish hamda kashta tikish borasida o‘zlarining mahorat va qobiliyatini namoyon qildi.

Qator qozonlarda bir-biridan mazali oshlar damlanib, bahoriy taom chuchvaralar tugildi. Kimyogarlarning milliy libosdagi ishtiroki esa tanlovga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishladi.

Qizg‘in o‘tgan ko‘rik-tanlov natijalariga ko‘ra:

1-o‘rin- “Kimyogar” jamoasi;
2-o‘rin- “Konchi” hamda “Orastabon” jamoasi;
3-o‘rin- “Laboratoriya” hamda “Nafosat” jamoasi egalladi.

G‘olib jamoalar sertifikat hamda pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech