Profilaktik o‘quv mashg‘ulotlar davom etmoqda

Bugun Qashqadaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘linmasi bilan hamkorlikda jamiyatning Texnik nazorat bo‘limi, Zavod markaziy laboratoriyasi hamda Atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limi xodimlari ishtirokida yong‘in xavfsizligini ta’minlash va sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarning oldini olish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davrida soha vakillariga yong‘in o‘chirish texnik asbob-anjomlari to‘g‘risida tushunchalar berilib, yong‘in sodir bo‘lganda xodimlarning xatti-harakati, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan samarali foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Undan tashqari xodimlarga ishlab chiqarish va sexlarda xavfsizlik texnikasi hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish lozimligi uqtirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech