Profilaktik o‘quv mashg‘ulotlar

Bugun Qashqadaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘linmasi bilan hamkorlikda jamiyatning Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatlashtirish sexi hamda Issiqlik gaz ta’minoti sexi xodimlari ishtirokida yong‘in xavfsizligini ta’minlash va sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarning oldini olish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Unda xodimlarga yong‘inga sabab bo‘ladigan omillar, ularni oldini olish va bartaraf etish yo‘llari, ishlab chiqarish va sexlarda xavfsizlik texnikasi, yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish haqida tushuncha va batafsil ma’lumotlar berilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech