O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-208-sonli Farmoni, PQ-401-sonli Qarori targ'iboti bo'yicha tadbir tashkil etildi
Eng katta baxt, men buni ming marta qaytarishdan charchamayman, oilamiz tinch bo'lsin! Oila kichik vatan, oila tinch bo'lsa, baxtli bo'lsa, mamlakat tinch bo'ladi. O'sha baxtli kunlarni, vatanimizning, yoshlarimizning kamolini hozir niyat qilayotganimiz kabi ko'rish hammamizga nasib etsin!
Sh. Mirziyoyev
"Dehqonobod kaliy zavodi" AJda
Viloyat Oila xotin-qizlar boshqarmasi bilan hamkorlikda 2023 yil 21-dekabrdagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
"Oila xotin-qizlar qo'mitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-208-sonli Farmoni hamda "Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-401-sonli Qarorlarining targ'ibotiga bag'ishlangan seminar tashkil etildi. Tadbirni Dehqonobod tuman hokimi Akrom Sulaymonov ochib berdi.
Seminarda Qashqadaryo viloyat hokimi o'rinbosari, Oila xotin-qizlar boshqarmasi boshlig'i Komila Karamova ma'ruza qildi. Tadbir davomida Viloyat targ'ibot guruhi rahbari, O'zbekiston Qahramoni Muhabbat Sharopova, tuman hokimi o'rinbosarlari, oqila ayollar, olimalar, mahalla xotin-qizlar faollari o'z fikr mulohazalarini bildirishdi.
Jamiyat Boshlang'ich xotin-qizlar tashkiloti raisi Muxtasar Karimova "Oilalarni mustahkamlashda boshlang'ich xotin-qizlar tashkilotining roli" mavzusida o'z taqdimotini o'tkazdi.
Shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, seminar yakunida ishtirokchilar jamiyatimizdagi Boshlang'ich xotin-qizlar tashkiloti faoliyatini namuna sifatida e'tirof etishdi. Bu albatta kelgusida yanada yaxshi natijalar ko'rsatishga turtki bo'lib xizmat qiladi.