Kitob yarmarkasi tashkil etildi

Kitob zamonlar dengizida sayohat qilayotgan va oʻzining qimmatbaho yukini avlodlardan-avlodlarga tashiyotgan hikmat kemasidir.

Bugun “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda xodimlarning maʼnaviy intellektual salohiyati va dunyoqarashini yanada yuksaltirish, kitob mutolaasi madaniyatini targʻib qilish maqsadida “Qalbga yaqin satrlar” shiori ostida kitob yarmarkasi o‘tkazildi.

Kitoblar yarmarkasida xodimlar o‘zlari va farzandlari uchun o‘zbek hamda jahon adabiyotining nodir asarlari, bolalar adabiyoti va turli janrlarda chop etilgan kitoblarni qo‘lga kiritishdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech