Ona tilim – jonu dilim!

21 – oktabr O‘zbek tili bayrami munosabati bilan bugun “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida Filologiya fanlari doktori, professor, Qarshi davlat universiteti, Filologiya kafedrasi mudiri Gulnoza Ernazarovaning “Ona tilim – jonu dilim” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.

Bayram arafasida korxonada o‘tkazilgan bir qator ko‘rik-tanlovlar hamda sport musobaqalari g‘oliblari taqdirlandi.

Undan tashqari Qarshi davlat universiteti “Qaqnus” talabalar teatr studiyasi iqtidorli yoshlari tomonidan o‘z davrining yetuk adiblari bo‘lgan Abdulla Qahhor hamda Cho‘lpon asarlaridan ijro etilgan parchalar barchaga birday manzur bo‘ldi.

Tadbir kuy-navolar bilan hamohang holda yuqori kayfiyatda yakunlandi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech