Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki

Xalqimizda hashar - elga yarashar degan ezgu ibora bor. Aynan shu munosabat bilan yurtimizda Navro‘z umumxalq bayrami arafasida “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda.

Erta tongdan “Dehqonobod kaliy zavodi” AJning barcha sex va bo‘limlaridan xodimlar ahil jamoa bo‘lib, a’lo kayfiyatda va hamjihatlikda hashar ishlarida faol ishtirok etib ko‘kalamzorlashtirish hamda obodonlashtirish ishlariga o‘z hissalarini qo‘shishdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech