Navro‘z bayram tadbiri o‘tkazildi

Milliy qadriyatlarimizning yorqin namunasi bo‘lgan 21-mart Navro‘z umumxalq bayrami “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda ham munosib nishonlanmoqda.

“Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z” bosh g‘oyasi asosida nishonlanayotgan tadbir davomida bayram munosabati bilan o‘tkazilgan bir qator sport musobaqalari g‘oliblari diplom hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Undan tashqari bir guruh nafaqaga chiqib ketayotgan xodimlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bayram tadbiri konsertga ulanib ketti, Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirov hamda “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ boshqaruv raisi v.b To‘lqin Zaripov so‘zga chiqib barchani samimiy tabrikladi.

San’atkorlar ijrosidagi kuy-qo’shiqlar tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi, ayniqsa Xalq artisti Mahmud Namozovning chiqishi tomoshabinlarda o‘zgacha taassurot qoldirdi.

Bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech