Navoiy ash’ori bolajon tilida

Ajdodlarimiz qoldirgan bebaho asarlar xalqimizning buyuk merosi hamda yosh avlod tarbiyasi uchun ibrat maktabi hisoblanadi.

Aynan shu munosabat bilan bugun "Dehqonobod kaliy zavodi" AJ tasarrufidagi "Jajji kimyogar" maktabgacha ta’lim muassasasida buyuk mutafakkir, davlat arbobi hamda so'z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosib nishonlandi.

"Buyuk siymolar" nomli bayram tadbirida bolajonlar Alisher Navoiyning ruboiy, g‘azal va hikmatli so‘zlaridan namunalar aytish bilan bir qatorda, uning hayot yo‘li aks etgan sahna ko‘rinishini ham ijro etishdi. Bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech