Navbatdagi trening mashg'ulotlari bo'lib o'tdi

Jamiyatda faoliyat olib borayotgan ishchi-xodimlarning malakasini oshirish maqsadida "Dehqonobod kaliy zavodi" AJda "Korrupsiyaga qarshi kurashish" mavzusi bo'yicha 2 kunlik o'quv kursi mashg'ulotlari o'tkazildi.

O'quv kursi jamiyatning komplayens xizmati tomonidan o'tkazilib, mashg'ulot davomida korrupsiya tushunchasi, jamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi, korrupsiyaga oid jinoyatlar, korrupsiyaga oid ma'muriy huquqbuzarliklar borasida tushunchalar berib o'tildi.

O'quv kursi so'ngida ishchi-xodimlarga mavzu yuzasidan tayyorlangan tarqatma materiallar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech