Munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 21-dekabrdagi PF-208-son farmoni qabul qilindi.

Ushbu farmonga muvofiq berilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlardan yanada samaraliroq foydalanish borasida vazifalar belgilab berildi. Jumladan, xotin-qizlarni fan, ta’lim hamda ilmiy-ijodiy faoliyatga keng jalb etish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, iqtidorli xotin-qizlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish kabi masalalar alohida ta’kidlab o’tildi.

Prezidentimiz aytganlaridek, “Ma’rifatli jamiyatni ma’rifatli onalarsiz qurib bo‘lmaydi”. Darhaqiqat yurtboshimizning fikrlaridan shuni anglash mumkinki, bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarning o‘rnini nafaqat oilada balki, sanoat korxonalari, tashkilotlarda ham xotin-qizlarsiz tasavvur etish qiyin.

Ushbu farmon biz Boshlang‘ich xotin-qizlar tashkilotlari uchun kasbiy ko‘nikmalarni oshirishda xotin-qizlarimizga yanada ko‘tarinki kayfiyat hamda kuch-quvvat bag‘ishlaydi.

"Dehqonobod kaliy zavodi" AJ
Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi
Karimova Muxtasar Otajonovna

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech