- Bosh sahifa
- Matbuot markazi
- Янгиликлар
Mas’ullarimiz Xorazm viloyatida
Joriy yilning 12-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xoʻjaligida yangi zaxiralarni ishga solish hamda 2024-yilgi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va unda kimyo sanoati korxonalari oldiga bir qator vazifalar berildi.
Topshiriqlar ijrosini to‘liq va sifatli ta’minlash maqsadida «O‘zkimyosanoat» AJ tizimi tomonidan belgilangan ish rejaga asosan amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Jamiyat tizim korxonalari boshqaruv raisi o‘rinbosarlari hamda Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ masʼullari ham ishtirok etishdi.
Uchrashuvda Xorazm viloyatidagi omborlar va shoxobchalar uchun azotli, fosforli hamda kaliyli o‘g‘itlar zaxirasini yaratish, joylarda qo‘shimcha omborlar va shoxobchalar ochilishini tashkillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, ulgurji savdolardan tashqari, mineral o‘g‘itga ehtiyoji bo‘lgan aholi tomorqalari uchun o‘g‘itlarning chakana savdolarini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari kelishib olindi.
- 22 Fevral 2024
- 253
:
- Biz haqimizda
- Xaridorlarga
- Korrupsiyaga qarshi kurashish
- Hamkorlarga
- Kadrlar bilan ishlash
- Ishlab chiqarish
-
Korporativ boshqaruv
- Emissiya risolasi
- Aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi qarorlari (muhim faktlar)
- Ichki hujjatlar
- Boshqaruv hisobotlari
- Affillangan shaxslar ro'yxati
- Biznes rejalar
- Tashqi auditor xulosalari
- "DKZ" AJ Ustavi
- E'lon
- Choraklik va yillik hisobotlar
- Hisoblangan va to’langan dividendlar to’g’risidagi ma’lumotlar
- Nosohaviy aktivlar
- Matbuot markazi
- Ochiq ma'lumotlar
- ESG
- Davlat mukofoti
- Bog‘lanish