Ma'naviy-ma'rifiy hamda madaniy-musiqiy tadbir bo'lib o'tdi

14 - yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Yangi O'zbekiston armiyasi mamlakat qudrati, yuksak g'urur va sadoqat timsolidir" shiori ostida "Dehqonobod kaliy zavodi" AJda ma'naviy-ma'rifiy hamda madaniy-musiqiy tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda 92-57 harbiy qism harbiy xizmatchilari, Qarshi San'at maktabi yosh ijodkorlar orkestri hamda Dehqonobod tumani madaniyat xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir ko'tarinki ruhda o'tkazildi, ayniqsa orkestrning jonli ijrosi barchaga a'lo kayfiyat ulashib, o'zgacha taassurot qoldirdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech