Jamiyatning yosh xotin-qizlari o‘rtasida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi

Bugun “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda “30-iyun – Yoshlar kuni” munosabati bilan “Ilmli, ma’rifatli xotin-qizlar – mamlakat tayanchi, millat tarbiyachisi” shiori ostida 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar o‘rtasida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.

Ishtirokchilar Tanishtiruv, “O‘z kasbimni sevaman” nomli videorolik taqdimoti hamda O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid” Davlat siyosati to‘g‘risidagi qonuni bilimdoni shartlari asosida o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Hakamlar hay’ati a’zolarining yakuniy baholash natijasiga ko‘ra:

1-o‘rinni Yulduz Aduraxmonova, Zavod markaziy laboratoriyasi kimyoviy tahlil laboranti;
2-o‘rinni Nilufar Norqobilova, KO‘ICh 1-sexi taroziboni;
3-o‘rinlarni Marg‘uba Ro‘ziyeva, Tikuv sexi tikuvchisi hamda Maftuna Ziyodullayeva Obodonlashtirish, bino va inshootlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimasi qo‘lga kiritdi.

G‘olib ishtirokchilar Jamiyat tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech