Jamiyat xodimlari uchun sayohat

Kuni kecha “Dehqonobod kaliy zavodi” aksiyadorlik jamiyatining 50 nafar xodimlari uchun ko‘hna va navqiron Samarqand shahri hamda Jizzax viloyatining so‘lim Zomin tumaniga sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida Jamiyat xodimlari qadimiy tarixni o‘zida jam etgan Samarqand shahrining me’moriy obidalarini tomosha qilishdi va Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi turistik hududlarida sayr qilib bir olam taassurot bilan qaytishdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech