Jamiyat xodimlari shaxmat bo‘yicha bellashdilar

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJda “Kimyogarlar va konchilar kuni” kasb bayrami munosabati bilan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda xodimlarni sportning ommaviy turlariga jalb etish maqsadida shaxmat musobaqasi o‘tkazildi.

Qizg‘in o‘tgan bahsning yakuniy natijalariga ko‘ra:

1-o‘rin- Baxodir Abraxmatov, mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va sanoat xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari (sanoat xavfsizligi bo‘yicha);

2-o‘rin- Ulug‘bek Omonov, tog‘-kon majmuasi yerosti yuqori kuchlanishli tarmoq uchastkasi yerosti elektrchilangari (navbatchi);

3-o‘rin- Ismoil Jappayev, Elektr sexi elektr qurilmalarini ta’mirlash bo‘yicha ustasi egalladi.

G‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech