“Dolzarb 30 kun” tadbirlari doirasida maxsus o‘quv taktik mashg‘ulot o‘tkazildi

Bugun yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha “Dolzarb 30 kun” tadbiri doirasida “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ va 42-sonli Yong‘in qutqaruv qismi bilan hamkorlikda “Kuchli zilzila oqibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda obyekt rahbariyati va fuqaro muhofazasi tuzilmalarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus o‘quv taktik mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.

Unda Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Milliy gvardiya boshqarmasi, IIB MOMB maxsus otryadi, Qashqadaryo viloyati SEO va JS boshqarmasi, viloyatdagi barcha bojxona omborlari rahbarlari hamda mas’ullari ishtirok etishdi.

Tadbirda Jamiyat hududida shartli ravishda ro‘y bergan zilzila oqibatida sodir bo‘lgan yong‘inni zudlik bilan bartaraf etish, jabrlanganlarni xavfsiz hududga olib chiqish hamda birinchi tibbiy yordam muolajalarini ko‘rsatish kabi amaliyotlar bajarildi.

Maxsus o‘quv taktik mashg‘uloti nihoyasida mas’ullar tomonidan tezkor bo‘linmalar harakatiga kuzatuv xulosalari hamda tavsiyalari berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech