“DKZ” AJning RASMIY BAYONOTI

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJning
RASMIY BAYONOTI

Telegram kanallarida eʻlon qilingan Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ shlam yigʻish havzalaridan kislotali tuz aralashmasi sizib chiqayotganligi va bu holat korxona atrofidagi chorva suv ichadigan buloqlarni zararlayotganligi haqida murojaat yuzasidan rasmiy bayonot berilishiga qaramasdan, kuni kecha "Murojaatlarimizdan natija yo'q" deyilgan yana bir murojaat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgani munosabati bilan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Eslatib o'tamiz, murojaat eʻlon qilingandan soʻng Jamiyat masʼul xodimlari tomonidan shu kunning oʻzida joylarga chiqib vaziyat oʻrganilgan. Vaziyatni oʻrganish jarayonida jamiyatga tegishli boʻlgan hududlarda shlam qoldiqlarining sizishi bilan bogʻliq holatlar aniqlanmagan.

Yuqoridagi kabi murojaatlar bundan oldin ham kuzatilgan. Murojaatlar asosida vakolatli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan joylarga chiqqan holda real vaziyat oʻrganilgan va namunalar olinib laboratoriya tekshiruvlari oʻtkazilgan. Natijada murojaatlarda keltirilgan asossiz ayblovlar oʻz isbotini topmagan.

Shuni ham alohida ta'kidlab o'tish joizki, "Dehqonobod kaliy avodi" AJ tomonidan atrof-muhit muhofazasiga alohida e'tibor qaratilib, tabiatni asrash, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilgan holda, ishlab chiqarish jarayonlari natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan zararli ta'sirlarni keskin kamaytirish bo'yicha tizimli ishlar doimiy ravishda amalga oshirilmoqda.

Yuqorida kabi keltirilgan murojaatlar yuzasidan jamiyatimiz ochiq va oshkora ravishda murojaatchilar bilan uchrashishga tayyorligini ma'lum qilamiz. Bundan tashqari har qanday murojaatlarni tunu kun qabul qilish uchun jamiyatning rasmiy telegram kanalida @Dkzmurojaat_bot mavjudligini ham eslatib o'tamiz.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech