“Dehqonobod kaliy zavodi” AJda bayram shukuhi

Hademay qaldirg‘och keladi qaytib,
O‘rik shohlarida bo‘rtar dovuchcha,
Turnalar azaliy qo‘shig‘in aytib,
Sumalak pishadi tong otgunicha

Navro‘z insoniylik, mehr-oqibat, muruvvat, mehnatsevarlik kabi qadriyatlarni o‘zida jamlagan azaliy bayram hisoblanadi.

Milliy qadriyatlarimizning yorqin namunasi bo‘lgan 21-mart Navro‘z umumxalq bayrami “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda ham munosib nishonlanmoqda.

Bu yil ham an’analarga sodiq qolgan holda jamoa bo‘lib, katta qozonlarda Navro‘z taomi bo‘lgan sumalak pishirildi va barcha jamoaga ulashildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech