Davra suhbati o'tkazildi

«Qizlar bilim olishga hammadan ko‘proq intilishlari lozim, zero, bu bilimlar bilan ular kelajak avlodni tarbiyalaydilar»
Abdulla Avloniy

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015-yil 22-dekabrdagi 70-sessiyasida 11-fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” sifatida rasman eʼlon qilinib, 2016-yildan boshlab mazkur sana dunyoning ko‘plab davlatlarida keng nishonlanib kelinmoqda.

Shu munosabat bilan bugun, "Dehqonobod kaliy zavodi" AJning sex va bo‘limlardagi faol xotin-qizlari ishtirokida 11-fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” ga bag‘ishlangan hamda jamiyat xotin-qizlarining ijtimoiy - siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi.

Unda jamiyatdagi xotin-qizlarning innovatsion g‘oyalari,ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, ilmiy salohiyatini oshirish va Respublika miqyosidagi tanlovlarda ishtirokini ko‘paytirish borasida so‘z yuritildi.

Samimiy ruhda o‘tkazilgan davra suhbati so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarining fikr va mulohazalarini bildirdilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech