Choraklik natijalar hisob qilindi
Bugun “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ boshqaruv raisi huzurida jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimining 2024-yil I-choragi faoliyati natijalari, saqlanib qolayotgan muammolar va yaqin kelajakda yechimini kutayotgan dolzarb masalalar yuzasidan umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ boshqaruv raisi v.b To‘lqin Zaripov kirish so‘zi bilan ochib, jamiyatda korrupsiya qarshi kurashish menejment tizimini tatbiq etilishi bilan bog‘liq amalga oshirilgan asosiy tadbirlar, saqlanib qolayotgan tizimli muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikrlarini bayon etdi.
Shundan so‘ng Komplayens xizmati rahbari O‘ktam Meyliyev tomonidan 2024-yilning I-choragida tizim faoliyatining natijalari, erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchiliklar haqida batafsil maʼlumotlar yig‘ilish ishtirokchilariga o‘qib eshittirildi.
Yig‘ilish yakunida korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimini doimiy takomillashtirib borish tamoyili asosida barcha darajadagi tuzilma rahbarlari, bosh mutaxassislar zimmasiga yuklatilgan majburiyatlar va ularning ijrosini taʼminlash borasida aniq vazifalar belgilab olindi, tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Barcha darajadagi tuzilma rahbarlari faoliyatini baholashda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi doirasida amalga oshirilgan tadbirlarga alohida eʼtibor qaratilishi taʼkidlab o‘tildi.