Bolajonlar qo'g'irchoq teatrida

Bolajonlarning ma'naviy olamini yuksaltirishda, ong va tafakkurini teranlashtirishda qo‘g‘irchoq teatrining o'rni beqiyosdir. Aynan shu munosabat bilan bugun "Dehqonobod kaliy zavodi" AJda faoliyat yuritayotgan bir guruh ishchi-xodimlarning farzandlari Qarshi shahrining qo'g'irchoq teatrida bo'lib o'tayotgan "Yangi yil archasi tomoshalari"ga tashrif buyurishdi.

Bu kabi madaniy hordiq qishki ta'tilni o'tkazayotgan bolajonlar uchun ayni muddao bo'lib, dam olishning mazmunli va maroqli o'tishiga xizmat qiladi.

Qo'g'irchoq teatriga tashrif ikki kun davom etadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech